«Menga katta nomlar kerak»: Tsarukyan RAFʼda Sen-Pyer bilan bellashish istagi haqida gapirdi
RAF chempioni Arman Tsarukyan Jordan Barrouz bilan jangga endi qiziqmayapti va yangi raqiblarni izlamoqda.

U kamarni qoʻlga kiritish asosiy maqsadi boʻlganini, endi esa chempionlik unvonini imkon qadar uzoqroq saqlab qolmoqchi ekanini aytdi. Tsarukyanning soʻzlariga koʻra, Dillon Denis RAFʼdagi raqiblari orasida eng yaxshi kurashchi boʻlmagan, biroq u koʻp sonli obunachilari bilan eʼtibor qozongan.
Barrouz debyutantga yutqazganidan keyin sportchini qiziqtirmay qoʻydi. Avvalroq Olimpiya chempioni RAF reytingida birinchi raqam sifatida Tsarukyanga qiziq boʻlgan.
Endi Tsarukyan keng ommaga tanilgan MMA jangchilari bilan uchrashishni istamoqda. U RAF kanadalik Sen-Pyerni shartnoma asosida jalb qila olishiga va u bilan bellashuv oʻtkazishiga umid bildirdi.

