«Bularning barchasi oʻtmishda qoldi»: Verstappen Hornerning tarjimai holini muhokama qilmadi
Poygachi hozir uni avvalgi kelishmovchiliklar emas, joriy poyga hafta oxiri va kelasi yil koʻproq qiziqtirishini aytdi.
25-oktabr, 17:50По-русски

commons.wikimedia.org — Yu Chu Chin
Verstappen «Red Bull»ning sobiq rahbari Kristian Hornerning avtobiografiyasini omma oldida muhokama qilmadi. U kitobni oʻqimaganini va unda tasvirlangan voqealarning qaysi biri haqiqatga mos kelishini aniqlashdan maʼno koʻrmasligini aytdi.
Poygachi jamoada oʻzini yaxshi his qilayotganini, avvalgi munosabatlar va birgalikdagi ishlar esa oʻtmishda qolganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, endi u kelajakka qarashni va poygalardan zavq olishni afzal koʻradi.


