«Men Avstraliyada boʻlaman». Novak Jokovich — keyingi mavsum rejalari haqida
Reytingda 12-oʻrinda borayotgan Novak Jokovich 27–30 dekabr kunlari Saudiya Arabistonida oʻtkaziladigan Six Kings Slam turnirida ishtirok etmoqchi. Shuningdek, u muxlislarga Avstraliyada ham kortga chiqishga vaʼda berdi.
27-oktabr, 19:06По-русски

Первоисточник — instagram.com/djokernole
Shunga qaramay, serbiyalik tennischi Australian Open oldidan oʻtkaziladigan turnirda qatnashishini hozircha tasdiqlamadi.
Yakuniy qarorni u jamoasi bilan maslahatlashgach qabul qiladi. Hozircha Jokovich joriy mavsumni yakunlash bilan band va uni imkon qadar muvaffaqiyatli oʻtkazmoqchi.
Koʻrgazmali turnir ishtirokchilari qatoridan Karlos Alkaras, Aleks de Minor, Aleksandr Zverev, Teylor Frits va Yannik Sinner ham joy oldi.


