Patrese Antonelliga nega «Ferrari»ga oʻtishga shoshilmaslik kerakligini tushuntirdi
Rikkardo Patrese «Mercedes»ning hozirgi kuchi Andrea Kimi Antonellining qachondir Italiya jamoasi safida ishtirok etish istagidan muhimroq, deb hisoblaydi.
23-oktabr, 17:12По-русски

commons.wikimedia.org — Liauzh
Formula-1ning sobiq piloti Antonelliga yaqin vaqt ichida Lyuis Xemilton qilganidek, «Mercedes»ni «Ferrari»ga almashtirmaslikni tavsiya qilmoqda.
Patresening soʻzlariga koʻra, Antonellining amaldagi jamoasi bilan hamkorligi har ikki tomon uchun ham maʼqul, «Mercedes» bolidlari yaxshiroq, eng muhimi esa har doim natija turadi. Yosh poygachiga «Ferrari»da bu natijaga erishish qiyinroq boʻlardi.


