Aleksandr Volkanovski UFC jangchilarining maoshlarini masxara qildi
UFC chempioni filmlarga parodiya qiladigan va sportchilarga toʻlanadigan haqni tanqid qiladigan videoda ishtirok etdi.
14-oktabr, 13:52По-русски

instagram.com — https://www.instagram.com/alexvolkanovski
Volkanovski bir nechta parodiyaviy treylerlarda bosh rollarni ijro etdi. Ular orasida «Buyuk Aleksandr» va «Mayami nokauti» ham bor.
Sahnalardan birida uning qahramoni — Beverli ismli agent — hatto muvaffaqiyatsiz film ham UFC rahbari Dana Uayt toʻlaydigan puldan koʻproq daromad keltirganini aytadi.
Jangchi 24 oktabr kuni UFC 333 turnirida magʻlubiyatga uchramagan Movsar Yevloyevga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi. Dam olish kunlari esa uning «Stritfayter» filmining qayta ishga tushirilgan loyihasidagi ishtiroki boshlanadi.

