Contender Series turnirida toʻrt nafar jangchi UFC shartnomasini qoʻlga kiritdi
Deyna Uayt shousining toʻqqizinchi sonida biryoʻla toʻrtta toʻqnashuv birinchi raunddayoq muddatidan oldin yakunlandi, deb yozadi CBS Sports.
Oqshomning asosiy jangida Preston Lagranj birinchi raundda oʻng xuk zarbasi bilan Nell Arianoni nokautga uchratdi. Lagranj dastlab pastda qolib ketgan boʻlsa-da, oyoqqa turishga va oʻzaro zarbalar almashinuvida jangni oʻz foydasiga yakunlashga erishdi.
UFC xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Sal Everett birinchi raundda Ozzi Martinni nokautga uchratib, oʻz rekordini 5-0 koʻrinishiga yetkazdi. Roke Konseysao uchburchak usulida Aleksandr Chavesni taslim boʻlishga majbur etdi, Mateus Soaresh esa Ryuho Miyagutini nokaut qildi.
Shartnoma ololmagan yagona gʻolib Aliviya Birli boʻldi — u hakamlarning yakdil qarori bilan Sammer Onli ustidan gʻalaba qozondi.

