Saudiya Arabistonidagi Osiyo kubogi bir yilga qoldirilishi mumkin
Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti husiylar hujumlari sabab turnirni 2028 yilga koʻchirish ehtimolini bildirdi.

2027 yilgi Osiyo kubogi 7 yanvar kuni Jidda, Ar-Riyod va Al-Xobarda boshlanishi kerak. Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa mintaqadagi vaziyat oʻzgarmasa, turnirni koʻchirish haqidagi qaror noyabr oxirigacha qabul qilinishi mumkinligini aytdi.
Soʻnggi kunlarda Saudiya Arabistoniga husiylar tomonidan qator hujumlar uyushtirildi. «An-Nasr» klubi ishtirokidagi OFK Chempionlar ligasi uchrashuvi bir soatga kechiktirildi, ichki chempionatning uchta uchrashuvi esa qoldirildi. Novak Jokovich ishtirokidagi tennis turniri dekabr oxiriga koʻchirildi.
Turnirdagi 24 terma jamoadan biri boʻlgan Avstraliya vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Janubiy Koreya Professional futbolchilar assotsiatsiyasi futbolchilar xavfsizligidan jiddiy xavotir bildirar ekan, «sportchilar va muxlislarning hayoti hamda xavfsizligi har qanday turnirdan muhimroq» ekanini taʼkidladi.


