Formula-1 Yaqin Sharqdagi soʻnggi bosqichlarni qonuniy ravishda bekor qilishi mumkin — manba
2026-yilgi mavsumni Qatar va Abu-Dabidagi poygalar bilan yakunlash rejalashtirilgan, biroq final Imolada oʻtkazilishi mumkin.
30-oktabr, 12:14По-русски
Formula-1da soʻnggi ikki bosqichni bekor qilish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Bunga Buyuk Britaniya tashqi siyosat idorasining keskinlashuv ehtimoli yuqoriligi haqidagi ogohlantirishi fors-major holati sifatida asos qilib koʻrsatilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, Liberty Media ikki Gran-prining har birida 100 mln dollargacha mablagʻni tejab qolishi mumkin.


