«2008-yilgi Oltin toʻp» sohibi Ronaldu — muxlislar nazarida mukofot tarixidagi eng yaxshisi
Mukofotning rasmiy sayti oʻtkazgan soʻrovnomada 2008-yilgi portugaliyalik futbolchi 2012-yilgi Lionel Messini ortda qoldirdi.

2008-yilda hujumchi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» safida 49 ta uchrashuv oʻtkazib, 42 ta gol urdi. Oʻsha mavsumdagi sovrinlari qatoridan Chempionlar ligasi, Angliya Premyer-ligasi va klublar oʻrtasidagi jahon chempionligi oʻrin oldi. Bundan tashqari, u Angliya Superkubogida gʻalaba qozondi va «Oltin butsa»ni qoʻlga kiritdi. FIFA va UEFA portugaliyalik futbolchini yilning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etdi.
Eng yaxshi beshlikka atigi ikki futbolchi kirdi: uchta oʻrinni Ronaldu, ikkitasini esa Messi egalladi. Bir ovoz uchun 1 yevro undirildi, biroq ovozlar soniga cheklov qoʻyilmadi.
41 yoshli Ronaldu besh marta «Oltin toʻp» sohibi boʻlgan. 2026-yilda bu mukofotni ilk bor Angliya terma jamoasi hujumchisi Herri Keyn oldi.


