Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi Abu-Dabida dzyudo boʻyicha «Katta dubulgʻa» turnirida ishtirok etadi
Musobaqalarning birinchi kunida beshta vazn toifasida: erkaklar oʻrtasida ikkita va ayollar oʻrtasida uchta vazn toifasida sovrindorlar aniqlanadi.
29-oktabr, 13:07По-русски

Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga 13 nafar dzyudochi — olti erkak va yetti ayol kiritilgan.
Erkaklar jamoasi tarkibida Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg), Dilshodbek Hamroyev (-66 kg), Zamoxshari Bekmurodov (-73 kg), Shahzodxoʻja Sharipov va Umar Bozorov (-90 kg), Tulkinbek Turdiyev (-100 kg) bahs olib boradi. Ayollar oʻrtasida Ulbusin Hakimova (-48 kg), Sita Kadamboyeva va Diyora Keldiyorova (-52 kg), Xurshida Razzoqberdiyeva va Shirinjon Yoʻldosheva (-70 kg), Barchinoy Qodirova (-78 kg), Irisxon Qurbonboyeva (+78 kg) ishtirok etadi.


