Salkilld Sidneydagi UFC turnirining bosh jangida Sen-Deni bilan toʻqnashadi
Har ikki jangchi yengil vazn toifasida kuchli oʻntalikka kiradi. Bu jang Salkilld uchun vatanidagi ilk bosh jang boʻladi.
28-oktabr, 12:24По-русски

UFC Kuilan Salkilld UFC Sydney turnirining bosh jangida Benua Sen-Deni bilan toʻqnash kelishini eʼlon qildi. Tadbir 6-fevral kuni Sidneydagi Afterpay Arena arenasida boʻlib oʻtadi; qolgan janglar hozircha eʼlon qilinmagan.
Salkilldning rekordi 13-1 boʻlib, u UFCdagi olti jangida magʻlub boʻlmagan. U soʻnggi jangida avgust oyida UFC Vegas 120 turnirida Mateush Gamrotni taslim boʻlishga majbur qilgan.
Sen-Denining hisobida 17 ta gʻalaba va toʻrtta magʻlubiyat bor. U soʻnggi jangida iyul oyida UFC 329 turnirida Paddi Pimblettga yutqazgan.

