Sinner: «Zerikmaslik uchun menga adrenalin kerak»
La Repubblica nashriga bergan intervyusida «Katta dubulgʻa» turnirlarining besh karra gʻolibi togʻlardagi yoshlik yillarini esladi va kuchli hayajonlarsiz zerikib qolishini tan oldi.

Jahon reytingi peshqadami Yannik Sinner hayotining qaysi lahzalarini eng koʻp sogʻinishi haqida gapirdi.
Italiyalik tennischi eng avvalo Dolomit Alp togʻlaridagi begʻubor qishki dam olish kunlarini sogʻinishini aytdi. «Doʻstlar bilan changʻida uchadigan oddiy qishki yakshanbani yana boshdan kechirishni istardim. Ajoyib kun, sevimli mashgʻulot va shunchaki vaqtni maroqli oʻtkazishni xohlaydigan bir guruh yoshlar davrasi», — dedi tennischi.
Sinner eng qadrli xotiralari qatorida oilasi bilan oʻtkazgan vaqtni, shuningdek, poygachi Antonio Jovinatsi va velosportchi Julio Chikkone bilan Kuneo yaqinida karting uchish uchun qilgan safarlarini ham sanadi.
«Tezlikni yaxshi koʻrishimni yashirmayman. Adrenalin zerikishni nazorat ostida ushlab turishimga yordam beradi», — deya qoʻshimcha qildi Sinner.


