Konnor Makdevid NHLning barcha davrlardagi tarixiy rekordini oʻrnatib, Gretskini ortda qoldirdi
Muntazam mavsum boshlanganidan beri Makdevid ketma-ket 13 ta uchrashuvda golli uzatma berdi.
29-oktabr, 12:09По-русски

commons.wikimedia.org — Connor Mah
«Edmonton Oilers» hujumchisi «Calgary Flames»ga qarshi oʻyinda jamoa sheriklariga ikki marta golli uzatma berdi.
Ungacha Sebastian Aho, Ken Linseman va Wayne Gretzky ketma-ket 12 ta oʻyinda golli uzatmalari bilan ajralib turgan edi. Xabar eʼlon qilingan paytda «Edmonton» 4:0 hisobida oldinda borayotgandi, jamoalar uchinchi periodni davom ettirayotgan edi.
Bu mavsumda hujumchi NHLda sakkizta shayba kiritib, 26 ta golli uzatma berdi.

