Soʻnggi yangiliklar17:02 · Boks va MMAOʻzbekistonning yosh bokschilari Budvadagi jahon chempionatida 8 ta medalni qoʻlga kiritdi16:44 · Boshqa sport turlariSovrin pullari oshiriladi, OTMlarda stipendiya va grantlar beriladi — Prezident olimpiadasi gʻoliblariga imtiyozlar16:21 · Boshqa sport turlariShefer NHL tarixida butun qoʻshimcha vaqtni oʻtkazgan birinchi oʻyinchi boʻldi15:58 · Boshqa sport turlariIvasa Mexikoda Verstappenning oʻrnini egallashi mumkin15:41 · Boks va MMAOʻMelli: koʻp pul topmoqchi boʻlsangiz, UFCga bormang14:52 · Boks va MMAYemelyanenko nega UFC bilan shartnoma imzolamaganini tushuntirdi14:31 · FutbolYamalning otasi Barselona aeroportida odamlarga hujum qilganlikda ayblandi14:08 · Futbol«Arsenal» Angliyaning 4-ligasi vakili «Flitvud»ga yutqazib, Liga kubogidan sensatsion tarzda chiqib ketdi13:45 · Basketbol«Minnesota» yetakchisi Entoni Edvards jarohati sabab ikki oygacha oʻynamaydi13:25 · Boks va MMAShon OʻMelli Danyel Kormye UFC 333 turniridan keyin unga yozganini aytdi13:08 · Boks va MMAPFL Dubaydagi turnir kardini eʼlon qildi12:47 · Boshqa sport turlariSinner: «Zerikmaslik uchun menga adrenalin kerak»
Boshqa sport turlari

Shefer NHL tarixida butun qoʻshimcha vaqtni oʻtkazgan birinchi oʻyinchi boʻldi

«Nyu-York Aylanders»ning 19 yoshli himoyachisi Metyu Shefer «Neshvill»ga qarshi safar oʻyinida qoʻshimcha vaqtning barcha besh daqiqasini almashtirilmasdan muz ustida oʻtkazdi.

28-oktabr, 16:21По-русски
instagram.com/nyislanders/

Mehmonlar bullitlar seriyasida 4:3 hisobida gʻalaba qozondi, kanadalik xokkeychi esa shu vaqt ichida raqib xokkeychisining chetlatilishiga ham sabab boʻldi.

NHL maʼlumotiga koʻra, liga har bir oʻyinchining muz ustidagi har bir smenasi davomiyligini real vaqt rejimida qayd eta boshlagan 2009/10-yilgi mavsumdan beri bunday holat kuzatilmagan. «Aylanders» xokkeychilari uchun esa bu oʻsha davrdagi eng uzoq smena boʻldi.

Umuman, Shefer muz ustida 32 daqiqa 16 soniya oʻtkazdi. Bu uning NHLdagi shaxsiy rekordi. Bundan tashqari, u hisobni 3:0ga yetkazgan Bo Xorvatga golli uzatma berdi. Keyinroq «Neshvill» hisobni tenglashtirdi, uchrashuv taqdirini esa Kayl Palmiyerining bulliti hal qildi.

Joriy mavsumda Shefer 12 ta uchrashuvda 11 ochko (2+9) jamgʻargan, uning foydalilik koʻrsatkichi «+1», har bir oʻyinda muz ustida oʻtkazgan oʻrtacha vaqti esa 26:43 ni tashkil etmoqda.

Yana oʻqing