OʻMelli: koʻp pul topmoqchi boʻlsangiz, UFCga bormang
U jangchilar qancha haq toʻlanishini oldindan tushunishini, oʻzini sportga bagʻishlash haqidagi qaror esa shaxsiy tanlov boʻlib qolishini taʼkidladi.
28-oktabr, 15:41По-русски

commons.wikimedia.org — Ron Hall
UFCning eng yengil vazn toifasidagi (61 kg gacha) sobiq chempioni, amerikalik Shon OʻMelli aralash jang sanʼatlaridagi daromadlar haqida fikr bildirdi.
Uning fikricha, UFCdagi chiqishlari orqali boyib ketishni kutayotganlar bunday umid qilmasliklari kerak. OʻMelli toʻlovlarning kamligidan norozilikni tushunish mumkinligini, biroq bu kasbni tanlagandan keyin shikoyat qilmaslik kerakligini qoʻshimcha qildi.


