Ferrero 9-noyabr kuni ATP turidagi tennischilardan biri bilan yangi hamkorlik haqida eʼlon qilishini aytdi
Karlos Alkaras bilan ishlagan davrida mutaxassis unga «Katta dubulgʻa» turkumidagi oltita turnirda gʻalaba qozonishga yordam berdi.
29-oktabr, 12:48По-русски
Murabbiy Xuan-Karlos Ferrero ATP turidagi tennischilardan biri bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda rasman 9-noyabr kuni eʼlon qilinadi.
Ferrero hozircha kelishuv tafsilotlarini oshkor qila olmasligini aytdi. Uning Alkaras bilan hamkorligi shartnomaning ayrim bandlari boʻyicha kelishmovchiliklar sababli 2025-yil dekabrida yakunlangan.

