Montoya: agar Antonelli boshqa akademiyada qatnashganida, uni F-1da koʻrmasligimiz mumkin edi
Formula-1ning sobiq piloti Xuan-Pablo Montoya Antonellini oʻz yosh toifasidagi poygachilar orasida tarixdagi eng yaxshisi deb atadi.
29-oktabr, 16:24По-русски

commons.wikimedia.org — Yu Chu Chin
Formula-1ning sobiq pilotiga koʻra, «Mercedes»ning qoʻllab-quvvatlashi italiyalik poygachiga oʻtgan yildan joriy yilga oʻtishda sezilarli darajada oʻsishga yordam bergan.
Uning fikricha, yoshlar akademiyalari yangi istiqbolli pilotlarga tezroq joy boʻshatishga intilib, baʼzan kuchli sportchilarni yoʻqotib qoʻyadi. Montoyaning baholashicha, agar Antonelli oʻtgan yili boshqa akademiya safida qatnashganida, bu uning bilan ham yuz berishi mumkin edi.

