Kamilla Raximova Tokiodagi WTA 500 turnirining chorak finaliga yoʻl oldi
Chorak finalda oʻzbekistonlik tennischi Ispaniya vakili Kristina Buksha va avstraliyalik Maya Joynt oʻrtasidagi uchrashuv gʻolibiga qarshi kortga chiqadi.
29-oktabr, 15:19По-русски

uzdaily.uz — Jeff Dean/USTA
Raximova ikkinchi davrada rossiyalik Ekaterina Aleksandrovani 6:4, 4:6, 7:6 (7:5) hisobida magʻlub etib, keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Uchrashuv 2 soat 51 daqiqa davom etdi.

