«Yomon oʻynadik»: Mazzulla «Boston»ning «Bruklin» ustidan qozongan gʻalabasidan norozi boʻldi
Jamoa bu mavsumda ilk bor ochiqchasiga yomon oʻynadi, biroq murabbiyning soʻzlariga koʻra, birgalikda harakat qilishni uddaladi.
29-oktabr, 14:38По-русски

commons.wikimedia.org — EgorovaSvetlana
«Boston Seltiks» «Bruklin Nets»ni qoʻshimcha vaqtda 125:124 hisobida magʻlub etdi.
«Boston» bosh murabbiyi Jo Mazzulla uchrashuv tahlilida jamoaga magʻlub boʻlgan jamoa sifatida baho berish kerakligini aytdi. Uning fikricha, basketbolchilar taktik jihatdan yaxshiroq harakat qilishlari mumkin edi va endi buning ustida ishlashlari kerak.

