NBA Yevropadagi loyihasi uchun Yevroliganing olti klubini oʻrganmoqda
NBAning ehtimoliy Yevropa loyihasi Yevroligada hozir ishtirok etayotgan olti klubni qamrab olishi mumkin: «Real», «Barselona», «Fenerbahçe», «Bavariya», «Vilyorban» va «Panatinaikos».
30-oktabr, 12:33По-русски
Bu klublar vakili boʻlgan shaharlar avval ham liga rejalarida tilga olingan: Afina, Lion, Myunxen, Istanbul, Barselona va Madrid.
Avvalroq Yevroliga bosh direktori Chus Bueno aksiyador klublar NBA bilan ehtimoliy kelishuvni birgalikda muhokama qilmoqchi ekanini, liga bilan alohida-alohida muzokara olib borishni istamasligini aytgandi.


