Andrea Kimi Antonelli Formula-1 tarixidagi eng yosh jahon chempioniga aylandi
Meksika Gran-prisi yakunlangach, «Mercedes» piloti Andrea Kimi Antonelli Formula-1 chempionatida muddatidan oldin gʻalaba qozondi. U 2026-yilgi mavsumda 20 yosh-u 68 kunligida chempionlik unvonini qoʻlga kiritib, yangi rekord oʻrnatdi.
2-noyabr, 11:54По-русски

commons.wikimedia.org — Liauzh
Antonellining yosh boʻyicha erishgan natijasi Sebastian Vettelning rekordidan oshib ketdi. Nemis piloti 2010-yilda 23 yosh-u 134 kunligida chempion boʻlgan.
Eng yosh unvon sohiblaridan tuzilgan kuchli beshlik qatoriga Lyuis Xemilton, Fernando Alonso va Maks Verstappen ham kirdi.


