Zverev Vena turniri yakunlariga koʻra jahon reytingida yetakchilik qiladi
Nemis tennischisi Tallon Griksporni 6:4, 7:5 hisobida magʻlub etdi va 2-noyabr kuni jahon reytingida birinchi oʻringa koʻtariladi.
30-oktabr, 16:51По-русски

commons.wikimedia.org — Like tears in rain
Vena turnirining ikkinchi davrasidagi gʻalabasidan soʻng Aleksandr Zverev ATP reytingida yetakchiga aylanishi maʼlum boʻldi.
Zverev reytingning birinchi pogʻonasini egallagan tarixdagi 30-tennischi boʻladi. Bundan tashqari, u nemis tennisidagi uzoq tanaffusga barham beradi: unga qadar Germaniya vakillaridan reytingda faqat Boris Bekker yetakchilik qilgan.

