Ronaldu faoliyatidagi 983-, 984- va 985-gollarini urdi — «Al-Xolud»ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi
Hujumchi uchta golni ikkinchi boʻlimda urdi, birinchi boʻlimda kiritgan yana ikkita goli esa ofsayd sabab bekor qilindi. Ronalduga faoliyatidagi 1000-goligacha yana atigi 15 ta gol urish qoldi.
30-oktabr, 14:53По-русски

commons.wikimedia.org — YantsImages
«Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turida «Al-Xolud»ni 5:2 hisobida magʻlub etdi.
«Al-Faysali» bilan yaqindagi oʻyinda urilgan gol muallifligi hamon bahsli: Opta bu toʻp avtogol sifatida qayd etilgan deb hisoblaydi. Hakam Abdulla al-Uvayda golni Ronaldu hisobiga yozgan, biroq Saudiya ligasining rasmiy saytida u hamon portugaliyalik futbolchining joriy mavsumdagi statistikasiga kiritilmagan.


