Aleksandr Volkanovski oʻzining UFC chempionlik unvoniga ikki asosiy daʼvogarni sanadi
Chempionning soʻzlariga koʻra, navbatdagi jangdagi gʻalaba kamar uchun daʼvogarlar oʻrtasidagi vaziyatni oʻzgartirishi mumkin.
30-oktabr, 14:33По-русски

instagram.com/ufc
Yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski Silvani va Aljameyn Sterlingni chempionlik jangi uchun daʼvogarlar deb atadi.
Uning fikricha, Sterling yana bir gʻalabadan keyin bunday imkoniyatga koʻproq loyiq boʻladi. Volkanovski, shuningdek, Sterling xavfli Kevin Valyejos bilan jang qilishga rozi boʻlganini taʼkidladi.


