Lyuis Xemilton: «F-1 tarixidagi 70 yil davomida men kabi poygachi boʻlmagan»
«Ferrari» piloti Lyuis Xemilton hozirgi formasiga qaramay, 2030-yillarda «Formula-1»da qatnashadimi yoki yoʻqmi, hali bir qarorga kelgani yoʻq.
30-oktabr, 15:35По-русски

commons.wikimedia.org — Jake Archibald from London, England
Meksika Gran-prisi oldidan Xemilton hozir bor eʼtiborini poygalarda qatnashishga qaratganini va yaqin kelajakda nimanidir oʻzgartirish uchun sabab koʻrmayotganini aytdi.
U 41 yoshida ham 20 yoshli poygachilar bilan raqobatlashishda davom etayotganini, soʻnggi poygada esa uning reaksiyasi ayrim yosh ishtirokchilarnikidan tezroq boʻlganini taʼkidladi. Xemilton poygalardagi chiqishlari darajasi pasaysa, «Formula-1»da qolishni istamasligini qoʻshimcha qildi.

