UFCning sobiq chempioni Stipe Miocic bir shart bilan MMA faoliyatini qayta boshlashini istisno qilmadi
UFC ogʻir vazn toifasidagi sobiq chempioni Stipe Miocic moliyaviy jihatdan manfaatli taklif olsa, MMAga qaytishi mumkin. Jangchi katta gonorar toʻlanishi sharti bilan istalgan raqib bilan jang qilishni koʻrib chiqishga tayyorligini aytdi.
2-noyabr, 11:34По-русски

commons.wikimedia.org — Erik Drost
Miocic 2024-yil noyabrida faoliyatini yakunlagan, biroq katta miqdordagi pul evaziga oktagonga qaytishini istisno qilmagan. U jang tanlashda oʻzi istagan raqibi ham, alohida xohishi ham yoʻqligini aytdi.
Miocicning professional rekordi 20 ta gʻalaba, shundan 15 tasi nokaut bilan, va beshta magʻlubiyatdan iborat.


