Oʻzbekiston va Ozarbayjon FIFA U-20 jahon chempionatiga tayyorgarlikni koʻrib chiqdi
FIFA, Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi va Ozarbayjon Futbol Federatsiyalari Assotsiatsiyasi vakillari FIFA U-20 jahon chempionatini birgalikda oʻtkazishga tayyorgarlikni muhokama qildi. Turnirni Oʻzbekiston va Ozarbayjonda oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
31-oktabr, 18:23По-русски

Ассоциация футбола Узбекистана
Ishchi uchrashuv tashkiliy masalalarga, jumladan, sport infratuzilmasining holati hamda musobaqalarni oʻtkazishga bagʻishlandi. Tomonlar, shuningdek, milliy terma jamoalar va turnir mehmonlari uchun sharoitlarni taʼminlash masalasini koʻrib chiqdi.
Muzokaralar yakunida ishtirokchilar chempionatga tayyorgarlik doirasida hamkorlikni davom ettirish va harakatlarni muvofiqlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.


