Lekler Meksika Gran-prisining ilk mashgʻulotida eng tez natijani qayd etdi
Ferrari piloti Sharl Lekler Meksika Gran-prisining ilk mashgʻulotida eng yaxshi vaqtni koʻrsatib, McLaren vakili Lando Norrisdan oʻzib ketdi.

Lekler davrani Norrisga qaraganda 0,103 soniya tezroq bosib oʻtdi. Uchinchi natijani yana 0,003 soniya ortda qolgan Jorj Rassell qayd etdi, uning Mercedes jamoasidagi jamoadoshi Kimi Antonelli esa toʻrtinchi boʻldi. Maks Verstappen va Isak Hadjar ulardan keyingi oʻrinlarni egalladi, Lyuis Xemilton esa texnik muammo sabab toʻxtab qolganidan keyin 11-oʻrinni oldi.
Verstappen va Louson trassaning stadion qismida toʻqnashib ketdi: bir nechta burilishda ular yonma-yon harakatlandi. Komissarlar har ikki pilotni aybdor deb topib, ularning harakatlarini nomaqbul deb baholadi. Shu sababli ulardan har biriga start gridi boʻyicha bir pogʻona yoʻqotish koʻrinishidagi sport jazosi tayinlandi.
Racing Bulls rahbari Alan Permeyn hodisani keraksiz deb atadi va har ikki poygachi yaxshiroq harakat qilishi mumkinligini taʼkidladi. Louson keyingi mavsum uchun jamoada mavjud boʻlgan ikki oʻrindan biri uchun Arvid Lindblad va Nikola Tsolov bilan raqobatlashmoqda.


