“Oʻyinim meni hafsalasizlantirdi”. Shelton — Zverevga qarshi magʻlubiyat haqida
Dunyoning toʻrtinchi raketkasi Ben Shelton ATP yakuniy turniri guruh bosqichida Aleksandr Zverevga 2:6, 6:7 (4:7) hisobida yutqazdi. Amerikalik guruhdan chiqish imkonini saqlab qoldi.
19-noyabr, 16:20По-русски

championat.com
Shelton oʻz oʻyinidan qoniqmaganini tan oldi. Uning soʻzlariga koʻra, ayniqsa, kortning orqa chizigʻidan oʻynashda omadsizlikka uchragan, Zverev esa uzatish, qabul qilish va kuchli zarbalardagi harakatlari uchun maqtovga loyiq.
Amerikalik dunyoning birinchi raketasiga qarshi uchrashuv ogʻir kechganini aytdi. Payshanba kuni Shelton guruh bosqichida yana bir uchrashuv oʻtkazadi va vaziyatni oʻnglashga umid qilmoqda: “Guruhda hali ham imkoniyatim bor”.




