Ignasio Buse Parij Mastersida Daniil Medvedev ustidan qozongan gʻalabasini izohladi
Perulik tennischi Ignasio Buse Parij Mastersining ikkinchi davrasida Daniil Medvedevni 6:4, 6:4 hisobida yengib, gʻalabasini faoliyatidagi eng muhim natija deb atadi.
5-noyabr, 14:19По-русски

Dunyoning 33-raketkasi Buse murabbiyi bilan 2021-yilgi US Open chempioni Medvedevga qarshi oʻyin rejasini tayyorlagani va uni amalga oshira olganini aytdi. Tennischining soʻzlariga koʻra, u Medvedevning oʻyiniga yaxshi moslashgan, biroq rossiyalik raqibga qarshi oʻynash qiyin boʻlgan.
Buse uchrashuvdan olgan eng katta sabogʻi shunday gʻalabalarga qodirligini anglash boʻlganini aytdi. U bundan xursandligini, ushbu haftadan zavq olayotganini va yanada katta natijalarga erishmoqchi ekanini qoʻshimcha qildi.




