Venera Uilyams ketma-ket 17-magʻlubiyatini qabul qildi
Venera Uilyams yana birinchi davrada yutqazdi. Gonkongda oʻtkazilayotgan WTA 250 turnirida amerikalik tennischi jahon reytingida 114-oʻrinda turgan Meri Stoianaga ikki setda — 2:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
2-noyabr, 19:38По-русски

46 yoshli tennischining yakkalik bahslaridagi magʻlubiyatlar seriyasi 17 ta uchrashuvga yetdi. U soʻnggi gʻalabasini 2025 yil iyulida Vashingtondagi turnirda qoʻlga kiritgan. Uilyams soʻnggi 22 uchrashuvning faqat bittasida gʻalaba qozongan.
Hozir Venera WTA reytingida 597-oʻrinni egallab turibdi. 2023 yilgi mavsumdan beri u yakkalik turnirlarida faqat wild card orqali qatnashmoqda.


