Kolbi Kovington Islom Maxachevga 100 ming dollarlik padel bellashuvini taklif qildi
Uning shartlariga koʻra, har biri professional hamkor tanlaydi, 100 ming dollar esa xayriya ishlariga yoʻnaltiriladi.
2-noyabr, 17:14По-русски

commons.wikimedia.org — Gage Skidmore from Surprise, AZ, United States of America
Kovington Maxachev dunyodagi istalgan professional oʻyinchini juftlikdagi hamkori sifatida tanlashi mumkinligini aytdi. Uning oʻzi esa oʻz juftligi uchun boshqa sportchini tanlaydi.
Taklif haqidagi xabarda gʻolib 100 ming dollar olishi aytilgan. Shu bilan birga, Kovington bu mablagʻni xayriyaga berish rejalashtirilganini aniqlik kiritib taʼkidladi.


