Messining goli va golli uzatmasi «Inter Mayami»ga MLSda «Nyu-Inglend Revolyushn»ni magʻlub etishga yordam berdi
«Inter Mayami» MLS uchrashuvida «Nyu-Inglend Revolyushn»ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Lionel Messi gollardan birini urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
2-noyabr, 17:55По-русски

Uchrashuv 2 noyabr kuni ertalab Foksborodagi «Jillet» arenasida boʻlib oʻtdi. Gʻoliblar safida Herman Berterame ham gol urdi, mezbonlarning yagona goliga esa Ilay Feyngoldning uzatmasidan soʻng Daniyel Gazdag mualliflik qildi. Luis Suares 70-daqiqada maydonga tushdi, biroq natijador harakatlari bilan ajralib turmadi.
MLSdagi soʻnggi uchrashuvida «Nyu-Inglend Revolyushn» 8 noyabr kuni safarda «Orlando Siti» bilan oʻynaydi. Shu kuni «Inter Mayami» «Sharlott»ni qabul qiladi.


