Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Soʻnggi yangiliklar14:21 · FutbolBugun Chempionlar ligasi: «Real» AEK mehmoni boʻladi, «Liverpul» «Fenerbahche» bilan oʻynaydi, «Man Siti» — «Leyptsig»ga qarshi14:16 · BasketbolLebron Jeyms Uestbrukning faoliyatini yakunlashi haqida: «Uning keyingi qadami — Shon-sharaf zali»13:14 · Boks va MMAJake Paul Sedrik Dumbaʼga yutqazsa, qoʻlqoplarini mixga iladi12:56 · FutbolOʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Kannavaroni ketishi haqidagi xabarlarni rad etdi12:37 · TennisJokovich Parij “Masters”ida ilk setni boy berib, 10-gʻalabasini qoʻlga kiritdi12:14 · AvtosportMcLaren Braziliya Gran-prisiga F1 2027 uchun yangilanishlar olib keladi11:03 · FutbolChempionlar ligasining 4-turi: Batrakovning dubli, toʻrtta yirik hisobdagi gʻalaba, Yamal va Noyer rekordlari10:57 · Boks va MMARaul Rosas Jr. Colby Covingtonni 43 soniyada boʻgʻib yengdi3-noyabr, 19:12 · FutbolIspaniya politsiyasi «Tenerife» hujumchisi Xesus de Migelning oʻlimini tergov qilmoqda3-noyabr, 18:51 · BasketbolLaMelo Ball NBA tarixida 1000 ta uch ochkolikni eng tez amalga oshirdi3-noyabr, 18:51 · Boshqa sport turlariFIDE va Total Chess reytinglari: Abdusattorov va Sindorov oʻrin almashdi3-noyabr, 18:34 · FutbolMaykl Karrik «Manchester Yunayted»ni «Roma»ga qarshi oʻyinda muxlislarni xursand qilishga chaqirdi
Futbol

Chempionlar ligasining 4-turi: Batrakovning dubli, toʻrtta yirik hisobdagi gʻalaba, Yamal va Noyer rekordlari

Seshanba kuni Chempionlar ligasi asosiy bosqichining toʻrtinchi tur uchrashuvlaridan dastlabki qismi oʻtkazildi.

4-noyabr, 11:03По-русски
instagram.com/_batrakov__9

«Atletiko» — «Bavariya» — 0:2. Myunxenliklar ikkala golni ham ikkinchi boʻlimda urdi, gollarga Lennart Karl va Konrad Laymer mualliflik qildi. «Atletiko» ilk bor oʻz maydonida «Bavariya»ga yutqazdi va magʻlubiyatsiz toʻqqizta oʻyindan iborat seriyasiga barham berdi. Manuel Noyer Chempionlar ligasidagi 164-oʻyinini oʻtkazdi va nemis futbolchilari orasida turnir rekordchisiga aylandi.

«Galatasaroy» — «Shtutgart» — 2:0. Aleksey Batrakov 12- va 15-daqiqalarda dubl qayd etdi. U Chempionlar ligasidagi ketma-ket uchinchi oʻyinida gol urmoqda va toʻrtta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻlib turibdi.

«Vilyarreal» — «PSJ» — 0:6. 17-daqiqaga kelib parijliklar 4:0 hisobida oldinda edi. Bu Chempionlar ligasi tarixida bir oʻyinda urilgan eng tezkor toʻrtta goldir. Fabian Ruis dubl qayd etdi. «PSJ» turnirda ketma-ket 14 ta oʻyindan beri magʻlub boʻlmayapti — bu klub rekordi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

«Barselona» — «Aston Villa» — 3:0. Birinchi golni Lamin Yamal urdi. Endi uning Chempionlar ligasida 14 ta goli bor — bu 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar uchun rekord: avvalgi rekord Kilian Mbappega tegishli boʻlib, 13 ta golni tashkil etgan. Yana ikkita gol Rafinyaning hisobiga yozildi.

«Manchester Yunayted» — «Roma» — 3:2. «MYU» 0:2 hisobidan qaytdi. Bruno Fernandesh penaltini aniq amalga oshirdi, Mateus Kunya yakunda ikki marta gol urdi, keyin esa maydondan chetlatildi. «Yunayted» uchun bu 10 ta oʻyindan keyingi ilk gʻalaba boʻldi.

«Sporting» — «Shaxtyor» — 1:0. Yagona golni Issa Dumbiya 59-daqiqada urdi. Bu klublarning Chempionlar ligasidagi uchta oʻyini ham «Sporting» foydasiga 1:0 hisobida yakunlangan.

«Bude-Glimt» — «Lill» — 0:0. Bu oʻyin kunidagi yagona durang boʻldi. «Bude» Chempionlar ligasida oʻz maydonida ketma-ket beshta oʻyindan beri magʻlub boʻlmayapti.

LASK — «Slovan» — 4:0. Kasper Yorgensen dubl qayd etdi. «Slovan» Chempionlar ligasidagi 12 ta oʻyinining barchasida magʻlub boʻldi.

«Feyenoord» — «Inter» — 0:3. Gollarni Yann Bissek, Franchesko Espozito va Pyotr Zelinski urdi.

Turning ilk oʻyin kunidan soʻng «PSJ» jadvalda yakka peshqadamlik qilmoqda. «Atletiko» hozircha pley-off zonasida (top-24) turibdi. Chorshanba kuni yana toʻqqizta uchrashuv oʻtkaziladi, ular orasida «Real», «Arsenal», «Manchester Siti» va «Liverpul» ishtirokidagi oʻyinlar ham bor.

Yana oʻqing