Evan Tyorner: «Teytum va Braun oʻrtasida haqiqiy adovat yoʻq»
Bostonning sobiq oʻyinchisi Evan Tyorner Jason Teytum va Jaylen Braun hech qachon doʻst boʻlmagan, degan daʼvolarni rad etdi.
3-noyabr, 11:44По-русски

Tyornerning aytishicha, Teytum va Braun bir-biriga katta hurmat bilan munosabatda boʻlgan. Uning soʻzlariga koʻra, u basketbolchilarning bir-biri bilan qoʻl berib salomlashganini koʻrgan.
Bostonning sobiq oʻyinchisi ular oʻrtasida na chuqur, na prinsipial mojaro boʻlganini sezmaganini qoʻshimcha qildi. U buni shaxsiy adovat bilan emas, basketbolchilarning rivojlanish yoʻllari turlicha boʻlgani bilan izohladi.


