«Bu biroz gʻalati». Alkaras — Parij «Masters»idan muntazam erta chiqib ketishi haqida
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaras Parij «Masters»idan erta chiqib ketishlarining aniq sababini aytmadi, turli yillardagi ruhiy holati va formasini qayd etdi.
3-noyabr, 10:51По-русски

Alkarasning aytishicha, u baʼzan turnirga ruhiy jihatdan optimal holatda kelmagan, boshqa mavsumlarda esa unga yaxshi formada yondashgan, biroq baribir birinchi yoki ikkinchi davrada magʻlub boʻlgan. Oʻtgan yili ispaniyalik tennischi musobaqani boshidayoq tark etgan.
Tennischi Parijda eng yaxshi tennisini koʻrsata olmaganini tan oldi, biroq bir kuni ushbu turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga umid qilmoqda. «Masters» 2–8 noyabr kunlari oʻtkazilmoqda.




