Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Kannavaroni ketishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 2027-yilgi Osiyo kubogining boshqa muddatga koʻchirilganidan soʻng Fabio Kannavaroning ehtimoliy ketishi haqidagi xabarlarni ishonchsiz deb atadi.
4-noyabr, 12:56По-русски

Tashkilot vakillari italiyalik mutaxassisning terma jamoadan ehtimoliy ketishi haqidagi maʼlumotlarni rad etib, matbuot va muxlislarni faqat rasmiy bayonotlarga tayanishga chaqirdi.
Muhokamalarga X tarmogʻida futbol insayderi va jurnalist Fabrizio Romano eʼlon qilgan post sabab boʻldi. Uning versiyasiga koʻra, Osiyo kubogini boshqa muddatga koʻchirish haqidagi qarordan soʻng Kannavaro ketish masalasini koʻrib chiqishi mumkin.




