FIDE va Total Chess reytinglari: Abdusattorov va Sindorov oʻrin almashdi
Noyabr oyidagi Total Chess reytingida Nodirbek Abdusattorov uchinchi, Javohir Sindorov beshinchi boʻldi. FIDE roʻyxatida ular beshinchi va toʻrtinchi oʻrinlarda.

Total Chess platformasi shaxmatchilarning noyabr oyi uchun umumiy reytingini eʼlon qildi. FIDEning klassik reytingidan farqli ravishda, bu reyting klassika, rapid va blitsdagi natijalarni hisobga oladi.
Magnus Karlsen va Hikaru Nakamura har ikki tizimda ham yetakchilik oʻrinlarini saqlab qoldi. Fabiano Karuana va Alireza Firouzjaning reytinglardagi oʻrinlari sezilarli darajada farq qiladi: Total Chess reytingida Karuana pastladi, Firouzja esa koʻtarildi.
Total Chessning yagona koʻrsatkichi professor Mehmet Mars Seven metodologiyasi asosida hisoblanadi. U grossmeysterlarning uchala yoʻnalishdagi universal kuchini bir vaqtning oʻzida baholashga moʻljallangan.


