LeBrun: Kucherov «Tampa» bilan ish bitgan deb hisoblaydi, ammo jamoa uchun oʻynashda davom etadi
Soʻrovga yangi shartnoma boʻyicha choʻzilib ketgan muzokaralar sabab boʻlgan. Hokkeychi jamoadoshlariga klub bilan munosabatlari tugagan deb hisoblashini aytgan.
3-noyabr, 13:29По-русски

Iyul oyi boshida «Tampa» unga mavsumiga 15 million dollar maosh koʻzda tutilgan, toʻrt yillik shartnoma taklif qilgandi. Sentabrda klub xuddi shunday moliyaviy shartlar asosida olti yillik taklif yubordi. LeBrunning taʼkidlashicha, Kucherov hamon shartnomaga imzo qoʻyishga tayyor emas.
Forvard uchrashuvlarni oʻtkazib yubormoqchi emas. U jamoadoshlari va bosh murabbiy Jon Kuper uchun bor kuchi bilan harakat qilish niyatida. Jurnalistning soʻzlariga koʻra, Kucherov murabbiy bilan yaxshi munosabatlarini saqlab qolgan.


