Soʻnggi yangiliklar19:12 · FutbolIspaniya politsiyasi «Tenerife» hujumchisi Xesus de Migelning oʻlimini tergov qilmoqda18:51 · BasketbolLaMelo Ball NBA tarixida 1000 ta uch ochkolikni eng tez amalga oshirdi18:51 · Boshqa sport turlariFIDE va Total Chess reytinglari: Abdusattorov va Sindorov oʻrin almashdi18:34 · FutbolMaykl Karrik «Manchester Yunayted»ni «Roma»ga qarshi oʻyinda muxlislarni xursand qilishga chaqirdi18:32 · Avtosport«Mercedes» hiylasining oxiri: FIA dvigatel ishlayotgan paytda siqish darajasini nazorat qiladi18:10 · BasketbolNBA: Donchich «Mayami»ni tor-mor etdi, ShGA 43 ochko jamgʻardi, «Memfis» ilk bor yutqazdi17:28 · Futbol«Real», «Barselona» va «Atletiko» Xesus de Migelning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi17:14 · AvtosportLando Norris: «Antonelli hammadan ustun keldi. U munosib eʼtirof etiladi, degan umiddaman»16:17 · TennisDavidovich-Fokina va Tsitsipas Parij Mastersidan chiqdi15:01 · FutbolBugun Chempionlar ligasi: «Atletiko» — «Bavariya» va 4-turdagi boshqa oʻyinlar14:09 · AvtosportVasser Lekler va Hemiltonni tanqid qildi: «Juda jahlim chiqdi»13:53 · FutbolOʻyin vaqtida darvozabon bilan toʻqnashuvdan soʻng yuragi toʻxtab qolgan «Tenerife» futbolchisi De Migel vafot etdi
Futbol

Ispaniya politsiyasi «Tenerife» hujumchisi Xesus de Migelning oʻlimini tergov qilmoqda

Ispaniya Milliy politsiyasi «Tenerife»ning 30 yoshli hujumchisi Xesus de Migelning oʻlimi yuzasidan tekshiruv boshladi. Tergovni qotilliklarni tergov qilish boʻlimi olib bormoqda, ish materiallari allaqachon sudga yuborilgan.

3-noyabr, 19:12По-русски

Fojia Segundaning 12-turidan oʻrin olgan «Andorra»ga qarshi uchrashuvda yuz berdi. Ikkinchi boʻlimning qoʻshib berilgan yettinchi daqiqasida mehmonlar darvozaboni Xesus Ovono toʻp uchun kurashda de Migeldan oldinroqqa chiqish uchun darvozasidan uzoqqa, maydon markazi tomon chiqdi va u bilan qattiq toʻqnashib ketdi. Hakam darhol darvozabonni maydondan chetlatdi.

Hujumchi maydonda yotganicha qoldi. Bir necha soniyadan soʻng futbolchilar uning hushsiz ekanini anglab yetishdi. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, de Migelning yurak urishi va nafas olishi qariyb 20 daqiqa davomida toʻxtab qolgan. Uni tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketishdi, yoʻlda esa unga yurak-oʻpka reanimatsiyasi oʻtkazildi.

Futbolchini qutqarib qolishning imkoni boʻlmadi. «Tenerife» uning vafoti haqida bugun xabar berdi.

Yana oʻqing