Soʻnggi yangiliklar18:51 · BasketbolLaMelo Ball NBA tarixida 1000 ta uch ochkolikni eng tez amalga oshirdi18:51 · Boshqa sport turlariFIDE va Total Chess reytinglari: Abdusattorov va Sindorov oʻrin almashdi18:34 · FutbolMaykl Karrik «Manchester Yunayted»ni «Roma»ga qarshi oʻyinda muxlislarni xursand qilishga chaqirdi18:32 · Avtosport«Mercedes» hiylasining oxiri: FIA dvigatel ishlayotgan paytda siqish darajasini nazorat qiladi18:10 · BasketbolNBA: Donchich «Mayami»ni tor-mor etdi, ShGA 43 ochko jamgʻardi, «Memfis» ilk bor yutqazdi17:28 · Futbol«Real», «Barselona» va «Atletiko» Xesus de Migelning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi17:14 · AvtosportLando Norris: «Antonelli hammadan ustun keldi. U munosib eʼtirof etiladi, degan umiddaman»16:17 · TennisDavidovich-Fokina va Tsitsipas Parij Mastersidan chiqdi15:01 · FutbolBugun Chempionlar ligasi: «Atletiko» — «Bavariya» va 4-turdagi boshqa oʻyinlar14:09 · AvtosportVasser Lekler va Hemiltonni tanqid qildi: «Juda jahlim chiqdi»13:53 · FutbolOʻyin vaqtida darvozabon bilan toʻqnashuvdan soʻng yuragi toʻxtab qolgan «Tenerife» futbolchisi De Migel vafot etdi13:49 · Boks va MMAKovingston Makhachev endi jang qilmasligi mumkinligini aytdi
Futbol

«Real», «Barselona» va «Atletiko» Xesus de Migelning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi

Ispaniyaning yetakchi klublari «Tenerife» hujumchisi Xesus de Migelning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Futbolchi ertalab 30 yoshida vafot etdi.

3-noyabr, 17:28По-русски

Fojia «Andorra»ga qarshi Segundaning 12-tur uchrashuvida yuz berdi. Oʻyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ikkinchi boʻlimning qoʻshib berilgan 7-daqiqasida mehmonlar darvozaboni Xesus Ovono toʻpni egallab olishiga yoʻl qoʻymaslikka urinib, maydon markazida de Migelni qoʻpollik bilan yiqitdi. Hakam darhol darvozabonni maydondan chetlatdi. Hujumchi maydonda yotib qoldi va bir necha soniyadan soʻng futbolchilar uning hushsiz ekanini tushunishdi.

Futbolchini tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketishdi. Yoʻlda toʻgʻridan-toʻgʻri yurak-oʻpka reanimatsiyasi oʻtkazildi. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, de Migelning yuragi va nafasi deyarli 20 daqiqa davomida toʻxtab turgan.

Madridning «Real» klubi rasmiy bayonot eʼlon qildi. Klub prezident va direktorlar kengashi nomidan futbolchining oilasi, jamoadoshlari, «Tenerife» klubi va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi hamda ularni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

«Barselona»da de Migelning vafoti haqidagi xabarni fojiali deb atashdi. Kataloniya klubi ushbu ogʻir kunlarda futbolchining qarindoshlari va doʻstlari bilan qalban birga ekanini bildirdi.

«Atletiko» butun klub jamoasi bu qaygʻuga sherik ekanini maʼlum qildi. Madrid klubi futbolchining oilasi va doʻstlariga, shuningdek, «Tenerife»ning barcha xodimlari va muxlislariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Yana oʻqing