Davidovich-Fokina va Tsitsipas Parij Mastersidan chiqdi
Jarohatlar sabab Alejandro Davidovich-Fokina va Stefanos Tsitsipas Parij turnirini oʻtkazib yuboradi: ispaniyalikning belida, grekning oʻng yelkasida muammo bor.
3-noyabr, 16:17По-русски

Tennischilarning asosiy toʻrdagi oʻrinlarini portugaliyalik Nunu Borges va paragvaylik Adolfo Daniel Vallejo egallaydi. Parij Mastersi 2026-yilgi mavsumda ushbu turnirlar seriyasining soʻnggi turniri boʻladi.
3 noyabr kuni Davidovich-Fokina fransiyalik Moiz Kuame bilan, Tsitsipas esa amerikalik Lyoner Tyen bilan uchrashishi kerak edi.


