Jake Paul Sedrik Dumbaʼga yutqazsa, qoʻlqoplarini mixga iladi
Jake Paul 24-dekabr kuni Dubayda Sedrik Dumba bilan jang qiladi va yutqazsa, faoliyatini yakunlashini aytdi. Bu uning Entoni Joshua nokautidan keyingi ilk jangi boʻladi.
4-noyabr, 13:14По-русски

Jake Paul PFL jangchisi Sedrik Dumba bilan 24-dekabr kuni Dubaydagi Coca-Cola Arenaʼda jang qiladi. Paul magʻlubiyat uning uchun boksdagi soʻnggi jang boʻlishini aytdi.
Bu jang Paul uchun 2025-yil dekabrida Entoni Joshuaga oltinchi raundda nokaut bilan magʻlub boʻlganidan keyingi birinchi jang boʻladi. Oʻsha jangdan soʻng Paulning jagʻi singan, professional boksdagi rekordi esa 12-2 gacha pasaygan.
Dumba — Glory Kickboxing tashkilotining ikki karra chempioni. Uning MMAʼdagi rekordi 6-1.




