Bugun Chempionlar ligasi: «Real» AEK mehmoni boʻladi, «Liverpul» «Fenerbahche» bilan oʻynaydi, «Man Siti» — «Leyptsig»ga qarshi
Chorshanba kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining toʻrtinchi turi yakunlanadi.
4-noyabr, 14:21По-русски

Madridning «Real» klubi safarda AEK bilan uchrashadi, «Liverpul» esa «Fenerbahche»ga qarshi oʻynaydi. «Manchester Siti» «RB Leyptsig» mehmoni boʻladi, «Arsenal» «Slaviya» bilan uchrashadi. Dortmundning «Borussiya»si oʻz maydonida «Betis»ni qabul qiladi.
Umumiy bosqichda 36 ta jamoa ishtirok etadi va ularning barchasi yagona jadvaldan joy olgan. Har bir klub sakkizta uchrashuv oʻtkazadi: toʻrttasi uyda, toʻrttasi safarda. Dastlabki sakkizta jamoa toʻgʻridan-toʻgʻri nimchorak finalga yoʻl oladi, 9-oʻrindan 24-oʻringacha boʻlgan klublar esa pley-offning saralash bosqichida qolgan yoʻllanmalar uchun kurashadi.




