Bredli Barkolya «PSJ»dan «Liverpul»ga oʻtishi haqida: «Hech qanday shubha boʻlmagan»
«Liverpul» vingeri Bredli Barkolya oʻtgan yozda «PSJ»dan ketishi ayni muddao boʻlganini aytdi va qaroridan hech shubhalanmaganini taʼkidladi.
4-noyabr, 15:30По-русски

Barkolya «PSJ»da bir necha muvaffaqiyatli yil oʻtkazgani va koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritganini, biroq endi faoliyatida oldinga qadam tashlash vaqti kelganiga qaror qilganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, xayrlashish oson boʻlmagan: jamoada doʻstona muhit shakllangan, jamoadoshlari bilan birgalikda esa alohida bir narsa yaratishga muvaffaq boʻlishgan.
Futbolchi sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashish unga ogʻir kechganini tan oldi. Shu bilan birga, u «Liverpul»ning taklifini rad etishni istamagan imkoniyat sifatida qabul qilganini aytdi va «PSJ»da hammasi yaxshi boʻlishiga umid bildirdi.




