Artem Lobov Makgregorni mashinasiga oʻt qoʻyish va onasiga tahdid qilishda aybladi
Artem Lobovning aytishicha, Konor Makgregor uning mashinasiga oʻt qoʻyish va 60 yoshli onasiga bolgʻar bilan tahdid qilish uchun odamlar yuborgan.
4-noyabr, 15:50По-русски

Lobovning taʼkidlashicha, Makgregor seshanba va payshanba kunlari SBG zaliga kelmagan, oʻzi esa u yerga muntazam borib turgan. Sportchining soʻzlariga koʻra, Makgregor X tarmogʻida u haqda yozgan, ammo unga biror marta ham bevosita qoʻngʻiroq qilmagan.
Lobov, shuningdek, Makgregorga haqiqiy jangchi boʻlishni oʻzi oʻrgatganini aytdi. Uning taʼkidlashicha, Makgregor uni ertalab soat toʻrtda jang qilishga chaqirgan — Lobov bu vaqtni narkomanlarga mos deb atagan. Oʻzi esa oʻsha paytda uyda bolalari bilan uxlayotgan boʻlgan.
Shu bilan birga, Lobov vaziyatga bergan bahosi faqat taxmin ekanini taʼkidladi.




