Nyu-York NBAning birinchi yarmida 84 ochko jamlab, 38 yillik rekordni takrorladi
NBA muntazam chempionatining «Chikago Bulls»ga qarshi uy oʻyinida «Niks» tanaffusgacha 84 ochko toʻplab, klub rekordini takrorladi.

Uchrashuvning birinchi yarmi yakunida «Nyu-York» «Chikago»dan 84:52 hisobida oldinda borayotgandi. Mezbonlar birinchi chorakda 43 ochko, ikkinchisida esa yana 41 ochko jamgʻardi.
Jeylen Branson tanaffusgacha «Niks»ning eng sermahsul oʻyinchisiga aylandi — u 26 ochko toʻpladi. Jamoaning tanaffus oldidagi soʻnggi samarali hujumini Dalton Knext yakunladi: sirenaga 5,8 soniya qolganida u orqaga qadam tashlab, uch ochkolik zarbani aniq amalga oshirdi.
«Nyu-York» birinchi yarmida 84 ochko toʻplagan avvalgi holat 1988-yil noyabriga toʻgʻri keladi. Bu «Filadelfiya Siksers»ga qarshi safardagi oʻyinda yuz bergan va «Niks» yakunda 135:137 hisobida magʻlub boʻlgan.




