Novak Jokovich toʻqqiz yildan beri ilk bor ATP yakuniy turnirida yoʻq
Parijda Rinky Hijikataga yutqazgan Novak Jokovich yilni kuchli sakkizlikda yakunlash imkonidan ayrildi: u 2017-yildan beri ilk bor ATP yakuniy turnirida qatnashmaydi.
5-noyabr, 12:27По-русски

Parijda oʻtgan «Masters» turnirining ikkinchi davrasidagi bahs serb tennischisi foydasiga hal boʻlmadi: avstraliyalik Rinky Hijikata 2:6, 6:3, 6:3 hisobida gʻalaba qozondi. Shu sabab dunyoning 11-raketkasi mavsum yakunlariga koʻra eng kuchli sakkizlikdan tashqarida qoldi.
Jokovich 20 yil ichida atigi ikkinchi marta ATP yakuniy turniriga yoʻllanma ololmadi. U 2024 va 2025-yilgi mavsumlarda saralangan, biroq har ikki safar ham sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sabab turnirda qatnashmagan.




