Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Soʻnggi yangiliklar19:12 · Futbol«Andorra» darvozaboni de Migel bilan toʻqnashuvdan soʻng yigʻladi va ijtimoiy tarmoqlarini yopdi19:09 · FutbolRiolo Chempionlar ligasini 16 ta «elita» jamoaga qisqartirishni taklif qildi19:08 · Avtosport«Haas» Oconni mavsum oxirigacha tarkibdan chiqardi18:45 · FutbolRodri son jarohati sabab bir oyga safdan chiqadi. «Barsa» yarim himoyachisi «Atletiko»ga qarshi oʻynamaydi18:26 · FutbolNadalni «Real Madrid» direktorlar kengashi aʼzosi etib tasdiqlash taklif qilindi16:50 · TennisParij (ATP): Medvedev Buse bilan, Khachanov esa Borges bilan oʻynaydi16:27 · FutbolPenalti, dubl va qizil kartochka: Kunha Chempionlar ligasida noodatiy natija qayd etdi15:50 · Boks va MMAArtem Lobov Makgregorni mashinasiga oʻt qoʻyish va onasiga tahdid qilishda aybladi15:30 · FutbolBredli Barkolya «PSJ»dan «Liverpul»ga oʻtishi haqida: «Hech qanday shubha boʻlmagan»15:07 · XokkeyKonor Makdevid 16 ta yoki undan kam oʻyinda 40 ochko toʻplagan NHLning toʻrtinchi oʻyinchisiga aylandi14:45 · FutbolBrunu: Kerrik meni zaxirada qoldirdi, chunki yetarlicha yaxshi emasdim14:21 · FutbolBugun Chempionlar ligasi: «Real» AEK mehmoni boʻladi, «Liverpul» «Fenerbahche» bilan oʻynaydi, «Man Siti» — «Leyptsig»ga qarshi
Futbol

Nadalni «Real Madrid» direktorlar kengashi aʼzosi etib tasdiqlash taklif qilindi

«Real Madrid» direktorlar kengashi Rafael Nadalni kengashning yangi aʼzosi etib tasdiqlash masalasini delegatlar yigʻilishiga kiritishga qaror qildi. Yigʻilish sanasi koʻrsatilmagan.

4-noyabr, 18:26По-русски

Madridning «Real Madrid» klubi direktorlar kengashi 4 noyabr kuni dunyo reytingida birinchi oʻrinda boʻlgan sobiq tennischi Rafael Nadalni tayinlash masalasini delegatlarning umumiy yigʻilishi koʻrib chiqishiga kiritishni taklif qildi. Qaror hali yigʻilish tomonidan maʼqullanishi kerak, shu sababli tennischi hozircha klub direktorlar kengashiga kirmadi.

Nadal «Real Madrid»ning 67 778-raqamli sosiusi boʻlib, klub faxriy aʼzosi maqomiga ega. Uni tayinlash masalasi 4 noyabr kuni boʻlib oʻtgan direktorlar kengashi yigʻilishida qabul qilindi.

«Real Madrid» bayonotida Nadal sport tarixidagi eng buyuk afsonalardan biri, shuningdek, dunyodagi eng hurmat qilinadigan va eng taniqli ispaniyalik sportchilardan biri deb ataldi. Klub tennischining direktorlar kengashiga qoʻshilishi mumkinligini katta sharaf deb bilishini va uning jamoaning buguni hamda kelajagiga qoʻshadigan hissasiga umid qilayotganini taʼkidladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Nadal faoliyati davomida 92 ta yakkalik chempionligini, jumladan, «Katta dubulgʻa» turkumidagi 22 ta turnirni qoʻlga kiritgan. U ikki marta Olimpiya chempioni boʻlgan, Ispaniya terma jamoasi tarkibida Devis kubogida besh marta gʻalaba qozongan va jahon reytingida birinchi oʻrinni egallagan.

Shu bilan birga, «Real Madrid»da Nadalning klub uchun ahamiyati faqat sportdagi natijalari bilan cheklanmasligi taʼkidlandi. Jamoa uning fazilatlari qatorida isteʼdod, doimiy rivojlanishga intilish, maqsad yoʻlida oʻzini fido qilishga tayyorlik, raqobat ruhi, kamtarlik, raqiblar va hamkorlarga hurmat, shuningdek, birdamlikni qayd etdi.

Klub bahosiga koʻra, bu fazilatlar «Real Madrid» qadriyatlariga mos keladi. Bayonotda qayd etilishicha, Nadal butun faoliyati davomida ularni namoyon etgan va kortda ham, undan tashqarida ham butun dunyodagi millionlab insonlar uchun namuna boʻlgan.

Yana oʻqing