«Qoʻlimdan kelgancha jamlanishga harakat qildim». Alkaras Parijdagi «Masters» turnirining uchinchi bosqichiga chiqishi haqida
Karlos Alkaras Parijdagi «Masters» turnirining ikkinchi bosqichida Aleks Mikelsenni 7:6 (7:4), 6:3 hisobida magʻlub etdi. Ispaniyalik tennischi uchinchi bosqichga chiqdi.
5-noyabr, 12:06По-русски

operativmm.az — Фото: Sport24
Karlos Alkaras Parijda oʻtkazilayotgan «Masters» turnirida amerikalik Aleks Mikelsenni ikki setda magʻlub etdi. Bu gʻalaba ispaniyalik tennischiga musobaqadagi ishtirokini davom ettirish imkonini berdi.
Dunyoning uchinchi raketkasi uchrashuvdan soʻng markaziy kortda ilk bor oʻynaganini taʼkidladi. Uchrashuv boshida u imkon qadar koʻproq maʼlumot toʻplashga intilib, har bir zarba, toʻpning sakrashi va raqibining reaksiyasini kuzatdi. Alkaras kortdagi intervyusida tushuntirganidek, geymlar davomida bu unga oʻzini tobora ishonchliroq his qilishiga yordam berdi.




